5 133
Prezident: «Ikkita ashula aytadi - xizmat ko‘rsatgan artist. O‘zining ma’rifati, ma’naviyati bilan xizmat ko‘rsatishi kerak»
Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari madaniyat va san’at sohasidagi kamchiliklar haqida gapirdi.
“Madaniyat va sport ishlari vazirligida 12 kishi ishlardi. Baxshilar yo‘q bo‘lib ketardi, agar festival o‘tkazmaganimizda. Shahrisabzda maqom festivalini o‘tkazdik. San’atni sevaman, degan maqomni tinglashi kerak!
Nima emish: baxshilarni to‘yga aytgani or qilarmish. Uyat! Uyat! Uyat!
Ikkita ashula aytadi - xizmat ko‘rsatgan artist. O‘zining ma’rifati, ma’naviyati bilan xizmat ko‘rsatishi kerak...”, - dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sentyabr oyida Shahrisabzda ilk bor Xalqaro maqom san’ati forumi o‘tkazildi. Oqsaroy maydoni hududida maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi va sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Prezident qaroriga muvofiq, festivalni har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda