13 480
Anvar Sanayev — Uch yillik ikkinchi «zapret»ga Yulduz Usmonova sabab bo‘lgan (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda Anvar Sanayev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Anvar Sanayev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sabab ikkinchi marta — uch yil «zapret»da yurgani haqida gapirib berdi.
- Birinchi ‘zapret’dan qutulib, albomlar taqdim qildim. Konsertlar bo‘lib o‘tdi, keyin suhbatga chaqirishlar boshlandi. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosiga suhbatga bordim. ‘Zapret'ga tushishimdan oldin O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bir suhbatida meni maqtadilar. Ularning so‘zlaridan keyin muxlislar orasida yanada hurmatim oshib ketdi, ungacha ular bilan shaxsan tanish emas edim.
Yulduz Usmonovaga minnatdorchilik bildirish uchun konsertlariga katta gul ko‘tarib bordim. ‘Yulduz opa, obro‘yimni ko‘tardingiz, men uchun bu juda katta gap’ deganimda ular ‘Men suhbatda to‘g‘risini aytganman, haqiqatdan ham yaxshi ijod qilyapsiz’ degandilar.
"O‘zbegim taronasi"dagi suhbatda "Qaysi ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini yoqtirasiz?" degan savol bo‘ldi. Men Yulduz Usmonovani juda ham hurmat qilishimni, ulardek bo‘lishni har bitta qo‘shiqchi orzu qilishini aytdim. Bu inson ‘O‘zbekiston nomini chet ellarda eslatib turadi, konsertlari tufayli Yulduz Usmonova deyishganda O‘zbekiston ham chet elliklarning ko‘z oldiga keladi’ deganman. Suhbatdan chiqishim bilan hali uyga yetib bormasimdan, yo‘lda telefon bo‘lib ‘Senga ‘zapret’ keldi. Suhbatda Yulduz Usmonova haqida nima degan eding?’ deyishdi.
Shu sabab bo‘lib yana uch yil ‘zapret’da yurdim. O‘sha vaqtda Yulduz Usmonova ham ‘zapret’da ekan, ularni maqtaganim uchun meni ham ‘zapret’ga tiqishgan ekan, - deydi Anvar Sanayev.
Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSH, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi