18:45 / 17.12.2020
5 524

300dan ortiq olim O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi

300dan ortiq olim O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati olimlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi. Murojaatni yo‘llash tashabbusi “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” mavzusidagi IV xalqaro kongressda onlayn ishtirok etgan yaponiyalik olimlar tomonidan ilgari surildi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi binosida yig‘ilgan 20 nafar olim murojaat loyihasini tayyorlagan va loyiha jamiyat boshqaruvi, ilmiy kengashi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Murojaatda butunjahon jamiyat a’zolari mamlakat kutubxonalari va ta’lim muassasalariga "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidan 10 ming nusxadagi 35 tomlik kitob-albomlarni topshirish tashabbusini amalga oshirishda ko‘mak berganligi uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildiradi.

"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi rasmli kitob-albomlarni chop etish hamda ularni mamlakat kutubxonalari va o‘quv muassasalariga topshirish taklifi III xalqaro kongress doirasida ilgari surilgan va davlat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Ularning dastlabki 15 jildi respublikadagi ta’lim muassasalariga yetkazilgan. Hozirda loyihaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

Murojaatda qayd etilishicha, "O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori" mavzusidagi IV xalqaro kongressda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi qabul qilingan. Unga ko‘ra, keyingi besh yil ichida O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati 100dan ortiq yangi loyiha amalga oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston madaniyatiga oid 114ta tarixiy Qur’on qo‘lyozmalarini jamlagan risolani yaratish loyihasi ham shu jumladandir.

Biz mamlakatda va xorijdagi muzeylarda saqlanayotgan O‘zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitob va albomlar nashr etish, hujjatli, badiiy filmlar tayyorlash, ilmiy forumlar o‘tkazish, o‘quv dasturlari yaratish, mamlakat madaniy merosini tiklash sohasidagi mutaxassislar ishlarini, qonunchilikni takomillashtirish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni tadqiq qilishni davom ettirish niyatidamiz”, deyiladi murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 300dan ortiq olim O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi