16:53 / 20.01.2021
7 639

«Elchining qizi»da Neslihan Atagul o‘rniga Tuba Buyukustun suratga tushadi

«Elchining qizi»da Neslihan Atagul o‘rniga Tuba Buyukustun suratga tushadi
Kollaj: «Daryo»
«Elchining qizi» serialida Neslihan Atagul ijro qilgan Nare rolini bundan buyog‘iga Tuba Buyukustun gavdalantirishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Kinoteka» xabar berdi.

Avvalroq salomatligi yomonlashgani sabab Neslihan Atagul Instagram sahifasida ushbu serialda boshqa suratga tushmasligi va biroz muddat dam olishga ehtiyoji borligi haqida e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Foto: «Kinoteka»
Asosiy qahramon ijrochisining suratga olish maydonchasini tark etgani sabab serial prodyuserlari Engin Akyurekka mos aktrisa izlashni boshlab yuborgan. Serial efirga uzatilayotgan Star TV telekanali Instagram sahifasida Tuba Buyukustunning «Elchining qizi» jamoasiga kelib qo‘shilishi haqida ma’lumot bergan.

Foto: «Kinoteka»
Tuba Buyukustun 2015 yilda Engin Akyurek bilan birgalikda «Pul va gul ishqi» serialida suratga tushgan hamda ushbu juftlik millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Qolaversa, «Elchining qizi» seriali ssenariy mualliflaridan biri Eylem Janpolat «Pul va gul ishqi» serialiga ham ssenariy yozgan. Eylem ham stories’da Tuba Buyukustunga loyihaga kelib qo‘shilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Tubaning o‘zi ham Instagram sahifasida tanish, ammo shu bilan birga yangi sarguzasht boshlanayotgani, qadrli va sobiq hamkasbi Engin hamda ssenariy muallifi, dugonasi Eylem va rejissyor Emre bilan avval ham birgalikda ishlagani, Star TV bilan bajonidil hamkorlik qilishini yozib qoldirgan. Shuningdek, u muxlislar va yangi qahramon bilan uchrashish chog‘i hayajonlanayotganini qo‘shimcha qilgan.

«Elchining qizi» seriali muxlislari voqealar rivojining qanday kechishi, Tubaning Neslihan o‘rnini qanchalik bosa olishi hamda Sanjar va Narening munosabatlari qanday kechishiga qiziqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Elchining qizi»da Neslihan Atagul o‘rniga Tuba Buyukustun suratga tushadi