00:03 / 12.11.2021
8 247

Turkiyaning mashhur aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin (foto)

Turkiyaning mashhur aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin (foto)
Turk seriallari orqali o‘zbek tomoshabinlariga tanish bo‘lib ulgurgan aktrisalar plastik operatsiyaga murojaat qilganidan so‘ng qay darajada o‘zgarganiga quyida guvoh bo‘lish mumkin.

Nebahat Chehre

Foto: Cosmopolitan
«Muhtasham yuz yil»ning Volida Sultoni 77 yoshda bo‘lishiga qaramay, yosh aktrisalardan qolishmaydi. Eng hayratlanarlisi shundaki, 1,66 santimetrli aktrisa xuddi baland bo‘yli go‘zal xonimdek taassurot qoldiradi. Uning ajdodlarini haqiqatan ham sulton oilasiga mansub deb o‘ylash mumkin. Ammo uning nasl-nasabida bunday insonlar yo‘q va uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyati va tashqi ko‘rinishi uchun hayotiy tajriba va o‘tgan yillardan qarzdor. Aktrisa tashqi ko‘rinish borasida og‘riq va in’eksiyalardan qo‘rqqanidan har qanday tibbiy muassasalardan, shu jumladan, go‘zallik muolajalaridan qochishga harakat qilardi. Ammo baribir u estetik kosmetologlar xizmatiga murojaat qilib, lablari atrofidagi ajinlar va dog‘larni bartaraf etgan. «Men shunga o‘xshash operatsiyalarga murojaat qilishni xayolimga ham keltirmaganman, ayniqsa, soxta lablarga chiday olmayman!» – deydi u turk gazetalaridan biriga bergan intervyusida.

Xande Erchel

Foto: Cosmopolitan
«Malikam, endi qara», «Gunesh qizlari» va «Eshigimni qoq» seriallaridagi bosh rollari bilan tanilgan 28 yoshli aktrisa allaqachon estetik jarrohlarga bir necha bor murojaat qilgan. Aktrisa hali hech qanday operatsiyalarni amalga oshirmasdan avval modellik bilan shug‘ullangan hamda Ozarbayjondagi go‘zallik tanlovida hakamlar hay’atining e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Plastik jarrohlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, u ko‘zlari shaklini o‘zgartirgan, lablarini kattalashtirib, jag‘ sohasini kichiklashtirgan.

Maryam Uzerli

Foto: Cosmopolitan
Mahoratli aktrisa Xurram – 38 yoshli nemis-turk yulduzi ikkinchi qizini dunyoga keltirganidan so‘ng sharq aktrisalari orasida mashhurlik bo‘yicha yana birinchi o‘rinni egalladi. U haqiqatan ham go‘zallashdi, albatta, rinoplastika tufayli aktrisaning burni yanada aniq va nozik ko‘rinishga kelgan.

Aslixan Guner

Foto: Cosmopolitan
34 yoshli iqtidorli turk aktrisasi «Ertug‘rul» va boshqa filmdagi rollari bilan mashhur. Uzoq vaqt davomida aktrisa mashhur turk aktyori Mert Qilich bilan uchrashib, unga turmushga chiqdi. Ammo hatto muvaffaqiyatli nikoh ham uning tashqi qiyofasini to‘g‘rilash qaroriga ta’sir qilmadi: kosmetologlarning fikricha, u yonoq suyaklarini biroz torttirgan va lablari shaklini kattalashtirgan. Ammo jarrohlik amaliyoti shunchalik mahorat bilan qilinganki, uning yuzi xuddi tabiiydek ko‘rinadi.

Neslihan Atagul

Foto: Cosmopolitan
Ajoyib aktrisa va model Neslihan 1992 yil 20 avgustda Istanbulda tug‘ilgan. U o‘zining ajoyib chiroyi uchun cherkes va belarus ildizlarining kombinatsiyasidan qarzdor. «Sevgi iztirobi» va «Elchining qizi» serialidagi rollari unga yanada muvaffaqiyat keltirdi. Aktrisa rinoplastika – burun uchini tuzatish va blefaroplastika – ko‘z qovoqlari hamda ko‘z atrofidagi hududni o‘zgartirgan

Demet O‘zdemir

Foto: Cosmopolitan
Turkiyaning yana bir go‘zal aktrisalaridan biri Demet O‘zdemir 30 yosh bo‘lishiga qaramay bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. U ko‘plab mashhur brendlarning rasmiy yuziga aylangan, mashhur musiqachilarning klipida suratga tushgan va eng taniqli turk rejissyorlarining filmlari va seriallarida bosh rollarni ijro etgan. Demetning muxlislari uning samimiy maftunkor tabassumi, ajoyib aktyorlik mahorati va tabiiy plastikasi uchun sevadi. Ammo shunga qaramay, aktrisa har doim o‘zining tashqi qiyofasi ustida ishlaydi. U botoks in’eksiyalari yordamida yuzining shaklini o‘zgartirgan va iyagini biroz kichraytirgan.

Birjey Akalay

Foto: Cosmopolitan
Aktrisa va model Birjey Akalay 2004 yilda «Turkiya go‘zali» tanlovida 3-o‘rinni egalladi. Aktrisa ham rinoplastika amaliyotini o‘tkazgan, chunki u katta burnidan, to‘g‘rirog‘i, uning uchidan norozi edi. Aytgancha, Birjey sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi, sport bilan shug‘ullanadi va turli xil parhezlarni yaxshi ko‘radi.

Beren Saat

Foto: Cosmopolitan
Beren aktrisalik mahoratidan tashqari chiroyli qo‘shiq kuylaydi, televideniyeda ham dasturlarni olib boradi. Ammo u hali ham kinoni shunchaki qiziqish deb biladi. Lekin aktrisaga «Ko‘sem» loyihasidagi bosh rol xalqaro miqyosida shuhrat keltirdi. Bundan tashqari, u italiyalik yulduz Monika Belluchchi bilan «Karkidonlar mavsumi» tarixiy dramasida birga ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Beren barcha turdagi parvarish mahsulotlarini yaxshi ko‘radi, lekin ko‘pincha makiyajga e’tibor qaratmaydi, kundalik hayotda u deyarli bo‘yanmaydi. U ham botoks in’eksiyalari yordamida yuzning shaklini biroz tuzatgan, shuningdek, paydo bo‘lgan og‘iz-burun burmalarni yumshatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyaning mashhur aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin (foto)