date

O‘zbekiston va Koreya turizmni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Koreya turizmni rivojlantiradi
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi va Janubiy Koreyaning BMT qoshidagi Global shaharlar turizmini qo‘llab-quvvatlash tashkiloti turizmni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda The Korea Herald nashri xabar berdi.

Hujjat Koreya shaharlari va Ipak yo‘li madaniy merosi ob’yektlari, jumladan, Samarqand orasida yo‘nalishlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Kelishuv 27-oktabr kuni Pusanda bo‘lib o‘tgan global shaharlar turizmi bo‘yicha birinchi sammitda imzolangan.

Hamkorlik doirasida madaniy sayohatlar tashkil etish, ko‘rgazmalar, festivallar hamda Pusanda O‘zbekiston madaniyati haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov Toshkent – Pusan – Toshkent muntazam aviareysi ishga tushirilishi sayohatlarni yengillashtirish va qo‘shma turistik loyihalarni rivojlantirishga imkon berishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Koreya turizmni rivojlantiradi