O'zbekistonga sayyohlar oqimi oshdi

2025 yilning o‘tgan o‘n oyi davomida O‘zbekiston 9,7 million nafar xorijiy sayyohni qabul qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘tgan yilga nisbatan turistlar oqimi 50 foizga oshgan. Sayyohlarning asosiy qismi Qirg‘iziston (2,8 million), Qozog‘iston (2,3 million) va Tojikistondan (2,2 million) kelgan.
Rossiya 851,9 ming nafar turist bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Afg‘oniston, Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Koreya ham joy oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing