Markaziy bank 2025-yil 37 ta mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil davomida 37 ta mikromoliya tashkilotini (MFT) ro‘yxatdan o‘tkazdi. Regulyator hisobotiga ko‘ra, shuningdek, to‘rtta to‘lov tashkilotiga faoliyat yuritish uchun litsenziya berilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha Markaziy bank bitta mikromoliya banki va bitta kredit byurosini ham ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bundan tashqari, 12 nafar auditor O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma olgan.
2025 yilda kredit tashkilotlari ustav kapitalidan ulush sotib olish bo‘yicha berilgan ruxsatnomalar soni 32 tani tashkil etdi. Ularning asosiy qismi mikromoliya segmentiga to‘g‘ri kelib, 19 ta ruxsatnoma MFTlar hissasiga to‘g‘ri kelgan, banklar bo‘yicha — sakkizta, lombardlar bo‘yicha esa — to‘rtta.
Hisobotda «Yevroosiyo banki»ning bank litsenziyasi bekor qilingani ham qayd etilgan. Hozirda ushbu bankni tugatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Markaziy bank moliya sektorida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan islohotlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Regulyator bahosiga ko‘ra, bu chora-tadbirlar moliyaviy tizim barqarorligini mustahkamlash va aholiga hamda biznesga moliyaviy xizmatlar imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan.
Mamlakatda mikromoliyalashtirishni rivojlantirish doirasida mikromoliya banklari faoliyatiga ruxsat berilgan. Shuningdek, 2025 yilda banklarni sog‘lomlashtirish va tugatish bo‘yicha qonun qabul qilinib, ularni yopish tartibi tasdiqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!