Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish uchun firibgarliklar ko‘paymoqda

1 daqiqa o'qish786
Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish uchun firibgarliklar ko‘paymoqda

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish uchun firibgarliklar ko‘paymoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning vafot etgan jasadlarini olib kelish uchun turli plastik karta raqamlari orqali pul yig‘ish holatlari ko‘paymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ushbu holatlar haqida ma’lumot berdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, ayrim shaxslar eski va noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanib, odamlarning his-tuyg‘ularini manfaatlari uchun ishga solmoqda. Bu turdagi firibgarliklar jamiyatda ishonchsizlik va chalg‘itishga olib kelayotgani aytilgan.
Migratsiya agentligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka va har qanday holatda pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Qonuniy va ishonchli yo‘l sifatida esa faqat rasmiy davlat organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.
Agentlik shundan tashqari, agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etsa, uning jasadini Vatanga olib kelish Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu uchun marhumning yaqinlari yoki vakillari Migratsiya agentligiga bevosita murojaat qilishlari kerak.
Migratsiya agentligi aholiga faqat rasmiy organlarga ishonchi bo‘lishiga chaqirdi va soxta xayriya e’lonlaridan ogoh bo‘lishni ta’minlashga harakat qilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?