9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda? Iliqlik saqlanadimi?

Toshkent shahrida kun davomida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tungi va ertalabki soatlarda tuman tushishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharq tomondan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…–2 daraja sovuq, kunduzi esa +9…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo barqaror bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunlar quruq o‘tadi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Kechasi havo 0…–5 darajagacha sovib, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tumanli soatlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0…–5 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat biroz yuqoriroq bo‘ladi. Ayrim hududlarda havo +10…+14 darajagacha iliqlashishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham ob-havo osoyishta bo‘ladi. Tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0…–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, 9 yanvar kuni keskin sovuqlar kutilmaydi. Qishning o‘rtasi bo‘lishiga qaramasdan, kunlar nisbatan iliq va qulay o‘tishi prognoz qilinmoqda. Biroq tumanli paytlarda haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing