10 yanvar uchun qisqacha ob-havo prognozi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” agentligi 10 yanvar, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi va har bir viloyatdagi havo xarorati haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqkacha o‘zgarib, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, lekin ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tumanlar yoki ba’zi joylarda shamolning kuchayishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi hududlarda esa 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqkacha, kunduzi esa 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqkacha o‘zgarib, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, lekin tumanlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, ammo shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!