
O‘zbekistonda «Qulay muhit» va «Hokimiyat monitori» tizimlari joriy etiladi. Ushbu platformalar mahallalarda narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurashda shahar kuzatuv kameralaridan foydalanadi.
Shuningdek, kameralar obodonlashtirish qoidalari va chiqindi olib chiqishdagi tartib buzilishlarini qayd etadi. Raqamli videodomofonlar orqali uylar atrofidagi hududlarni nazorat qilish, aholiga tezkor xabar yetkazish va ulardan fikr-mulohazalar olish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yagona shahar platformasi yaratiladi. Mazkur platforma dispetcherlik markazi orqali mahallalardagi vaziyatni tezkor kuzatishga imkon beradi.
Uning asosida sun’iy intellekt texnologiyasi ishlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.