date

Andijonda 13 nafar o‘smirning Suriyaga ketishining oldi olindi

Andijonda 13 nafar o‘smirning Suriyaga ketishining oldi olindi

Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida terrorchilik g‘oyalari ta’siriga tushgan bir guruh yoshlarning xorijga chiqib ketishiga chek qo‘yildi.

Viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Shahrixon tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik mazmundagi ma’ruzalarni tinglab, Suriyada faoliyat yurituvchi «Ahli sunna va al jamoa» nomli terroristik tashkilot ta’siriga tushib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tashkilot targ‘ibotchilari u bilan doimiy aloqada bo‘lib, turli ko‘rsatmalar berib kelgan. Jumladan, u Instagram tarmog‘ida «Al-g‘arib» nomi bilan sahifa ochib, ekstremistik video va audio materiallarni tarqatgan.

Shu orqali u Ulug‘nor va Shahrixon tumanlarida yashovchi 16–19 yoshli 13 nafar yoshdan iborat «Ahiylar» nomli virtual guruhni tuzgan. Guruh a’zolari orasida jihod, hijrat va xalqaro terrorchilik tashkilotlarining chaqiriqlari muhokama qilingan hamda Suriyaga chiqib ketish rejalashtirilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mazkur guruh faoliyati to‘xtatilib, 13 nafar yoshning xorijga chiqib ketishi oldi olindi.

Holat yuzasidan jamoat a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 13 nafar o‘smirning Suriyaga ketishining oldi olindi