Ulug‘bek Yulchiyev qaysi xonandalarga she’r yozib bergan? (video)

Ulug‘bek Yulchiyev qaysi xonandalarga she’r yozib bergan? (video)

Xonanda Ulug‘bek YulchiyevYashinTV”ga bergan intervyusida ijodining yana bir qirrasini ochib berdi. U nafaqat xonanda, balki she’r yozish bilan ham shug‘ullanishini, shu paytga qadar bir qator mashhur san’atkorlar uchun qo‘shiq matnlari yozib berganini ma’lum qildi.

Intervyu davomida undan:

“Jasur Umirov, Hamdam Sobirov va Bahrom Nazarovga ham she’r yozib berganingizni bilamiz. Yana qaysi ijodkorlar bilan hamkorlik qilgansiz?” — deya so‘raldi.

Bu savolga javoban xonanda quyidagilarni ta’kidladi:

“Ha, Bahrom aka uchun so‘nggi 'Olcha guli' qo‘shig‘iga she’r yozganman. Shuningdek, Botir Qodirovga 'Sevgisi yolg‘onim', Jahongir Foziljonovga esa 'Jadidlarim' nomli qo‘shiq matnlarini taqdim etganman”, — dedi Ulug‘bek Yulchiyev.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar