date

Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ziyod fashistni yo‘q qilgan — “TASS”

Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ziyod fashistni yo‘q qilgan — “TASS”

Shavkat Mirziyoyevning amakivachchasi, Sovet Ittifoqi qahramoni O‘runbek Yoqubov Ikkinchi jahon urushida 20 dan ortiq vermaxt askarini yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda arxiv hujjatlari bilan tanishib chiqqan TASS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘runbek Yoqubov Oder daryosidan o‘tish paytida vermaxtning 7 ta qarshi hujumini to‘siq qo‘yishda yordam bergan. U 31-o‘qchi diviziya 248-o‘qchi polki minomyotchilar rotasi hisob komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1944 yil fevral oyida Dneprni kechib o‘tishda dushmanning 15 ta qarshi hujumini uch kun davomida to‘sgani uchun Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1945 yil aprel oyida Yoqubov “Qizil Yulduz” ordeniga sazovor bo‘lgan.

“1945 yil 24 yanvarda Shteyne qishlog‘idan g‘arbda Oder daryosini kechib o‘tishda Yoqubov o‘z minomyotidan otish orqali o‘qchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularning daryoni muz ustidan kesib o‘tishi va platsdarmni egallashiga ko‘maklashdi. O‘qchilar ortidan minomyotlarini g‘arbiy sohilga ko‘chirgan Yoqubov ikki kun davomida platsdarmni egallashga harakat qilgan dushmanning 7 ta shiddatli qarshi hujumini qaytarishda piyoda askarlarga yordam berdi. Bu janglar davomida o‘z minomyotidan otish orqali dushmanning 2 ta o‘t ochish nuqtasini hamda yigirmadan ortiq askar va ofitserini yo‘q qildi”, deyiladi tegishli ordenning mukofot varaqasida.


Bundan tashqari, Yoqubov “Jasorat” va “Kavkaz mudofaasi uchun” medallari bilan ham taqdirlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ziyod fashistni yo‘q qilgan — “TASS”