date

Saida Mirziyoyeva Venetsiya biennalesida e’tibor markazida bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Venetsiya biennalesida e’tibor markazida bo‘ldi

Jahon zamonaviy san’atining eng nufuzli anjumanlaridan biri — Venetsiya biennalesi bu yil In Minor Keys (“Minor ohanglarda”) mavzusi ostida o‘tkazilmoqda. Ushbu konsepsiya bugungi murakkab va ko‘p qatlamli davrni nozik badiiy talqin orqali anglashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Hozirgi vaqtda 61-Xalqaro badiiy ko‘rgazma (Biennale Arte 2026) o‘tkazilmoqda. U 9 maydan 22 noyabrgacha davom etadi.

Mazkur yirik tadbir doirasida Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning The Aural Sea milliy pavilyoni ochilish marosimida nutq so‘zladi. U o‘z chiqishini alohida muhim va mas’uliyatli voqea sifatida baholadi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning The Aural Sea nomli milliy ekspozitsiyasi Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan. Biroq loyiha ushbu hududni faqat ekologik fojiaga aylangan makon sifatida emas, balki boy tarixiy xotiralar, afsonalar va ijodiy izlanishlar manbai sifatida talqin qiladi.

Mirziyoyevaning qayd etishicha, ekspozitsiya orqali Orol nafaqat muammo, balki insoniyat xotirasi va madaniy merosining bir qismi sifatida namoyon etilgan.

O‘zbekiston pavilyoni yana bir bor biennale mehmonlari va san’at ixlosmandlarining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tashrif buyuruvchilar mamlakatimiz madaniyati, san’ati va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Mutaxassislar fikricha, bunday xalqaro maydonlarda ishtirok etish O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasini mustahkamlash, shuningdek, xorijiy mehmonlarda yurtimizga nisbatan qiziqish va sayohat istagini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Venetsiya biennalesida e’tibor markazida bo‘ldi