date

O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘ir va shamol kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘ir va shamol kutilmoqda

O‘zbekistonda 11 may, dushanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir qayta yog‘ishi mumkin. “O‘zgidromet” agentligi yog‘ingarchilik ehtimoli yuqori bo‘lgan viloyatlarni e’lon qildi.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, kunduzda quruq bo‘ladi. G‘arbiy shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–16°C, kunduzda 23–25°C atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo asosan qulay, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15°C, kunduzda 23–28°C.

Buxoro va Navoiyda shamol ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17°C, kunduzda 23–28°C.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17°C, kunduzda 23–28°C.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo asosan qulay, shamol ayrimda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19°C, kunduzda 25–30°C.

Andijon, Namangan va Farg‘onada qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor, shamol ayrimda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°C, kunduzda 20–25°C.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3–8°C, kunduzda 10–15°C. 12 maygacha tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi saqlanmoqda.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida yog‘in mart va aprelga nisbatan kam bo‘ladi, ko‘pincha qisqa muddatli va momaqaldiroq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir sel xavfini oshirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘ir va shamol kutilmoqda