Ertaga qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

O‘zgidromet ertaga, 21 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qor va yomg‘ir-qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda esa tuman kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida kechqurun biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s esadi. Harorat kechasi 1° sovuq–1° iliq, kunduzi 7–9° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–5° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin, tuman ehtimoli ham bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha. Harorat kechasi 3° sovuq–2° iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqandda ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda, tuman ham tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi va tuman tushishi ehtimoli ham bor. Yo‘llarda ayrim joylarda yaxmalak kuzatilishi, qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.v
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!