date

Farg‘onada sevgan qizi bilan xabar yozishgan 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi

Farg‘onada sevgan qizi bilan xabar yozishgan 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi

Joriy yil 13 yanvar kuni Farg‘ona shahrida fojiali holat qayd etildi: 9-sinf o‘quvchisi R.Y. ko‘p qavatli uylarning tom qismiga chiqqan holda pastga tushib ketishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, marhumning onasi 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga ketgan bo‘lib, o‘quvchi opa-ukalari bilan tog‘asi qaramog‘ida qolgan. Tezkor-surishtiruv jarayonida o‘quvchi voqeadan oldin yoqtirgan qizi bilan SMS orqali yozishgani qayd etilgan.

Hodisa joyiga Farg‘ona shahar IIB hamda prokuratura xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi yetib borgan. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Agar siz yoki yaqinlaringizda ruhiy og‘irlik, umidsizlik hissi kuchaygan bo‘lsa, buni yolg‘iz o‘tkazmang: ishonchli yaqin inson bilan gaplashish, psixolog yoki mutaxassisga murojaat qilish muhim. Zarur hollarda tezkor yordam uchun 103 yoki ichki ishlar uchun 102 raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada sevgan qizi bilan xabar yozishgan 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi