Saida Mirziyoyeva baholagan “Insoniy birodarlik” mukofot g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik, ijtimoiy adolat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli “Insoniy birodarlik” (Zayed Award for Human Fraternity) mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi. Bu yilgi mukofot Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi, shuningdek, huquq himoyachisi Zarqa Yaftaliga berildi.
Sovrindorlarni aniqlagan xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyodan yagona vakil sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi. Taqdirlash marosimi 2026 yil 4 fevral kuni BMT belgilagan Xalqaro inson birodarligi kunida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing