Ertaga havo harorati keskin tushadimi?

O‘zgidromet ertaga, 18 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha qisqacha ma’lumot taqdim etdi — quyida hududlar kesimida.
Toshkent shahrida havo asosan bulutli bo‘ladi va qisman ochilib boradi. Harorat kechasi −1…0°, kunduzi +3…+4° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo ko‘proq bulutli bo‘ladi. Harorat kechasi −8…−6°, kunduzi −5…−1° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo asosan bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi −3…−1°, kunduzi 0…+2° atrofida bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida osmon asosan bulutli-ochiq almashadi. Ayrim joylarda ertalab yengil qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −3…−1°, kunduzi +2…+4°.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli, janubda kunduzi biroz iliqroq. Harorat kechasi −2…0°, kunduzi +4…+8° gacha yetishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo ko‘proq bulutli, ayrim hududlarda tuman kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi −2…0°, kunduzi +3…+5° atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli, ayrim paytlarda yengil qor tushishi mumkin. Harorat kechasi −5…−1°, kunduzi 0…+1° bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!