date

O‘zbekistonda besh kunda 2,5 millionga yaqin xonadon ro‘yxatga olindi

O‘zbekistonda besh kunda 2,5 millionga yaqin xonadon ro‘yxatga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonining borishi yuzasidan axborot berildi. Maʼlum qilinishicha, maxsus portal orqali hozirgacha 2,48 mln xonadon, shuningdek 31 mingta fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Roʻyxatga olish ishlari 15 yanvardan 28 fevralgacha ikki bosqichda tashkil etilgan. Dastlabki bosqichda fuqarolar anketalarni onlayn mustaqil toʻldirishi mumkin, keyingi bosqichda esa “mahallaning yettiligi” xodimlari planshetlardan foydalangan holda uyma-uy yurib maʼlumotlarni yigʻadi.

Jarayonni kuzatib borish uchun 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joy obyektlarini qamrab olgan geoinformatsion tizim yoʻlga qoʻyilgan. Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari himoyalangani va ular faqat statistik maqsadlarda ishlatilishi taʼkidlandi.

Roʻyxatga olishni tashkillashtirishga qariyb 60 ming kishi jalb qilingan, hududiy hamda tuman shtablari tuzilgan. Aholini xabardor qilish maqsadida keng koʻlamli axborot kampaniyasi ham oʻtkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda besh kunda 2,5 millionga yaqin xonadon ro‘yxatga olindi