O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston hududida zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 20:22 da Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida kuzatilgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 206 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda — 2,8, chuqurligi — 5 km. Epitsentr: Yangiqo‘rg‘on, O‘zbekiston. Koordinatalari: 41,08 daraja shimoliy kenglik, 71,66 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha qayd etilgan:
-Namangan shahrida — 2-3 ball, 9 km.
-Namangan tumanida — 2 ball, 16 km.
-Chortoq tumanida — 2 ball, 19 km.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing