date

Putin Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi: Moskva tashrifi yuqori baholandi

Putin Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi: Moskva tashrifi yuqori baholandi
Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning 9 may kuni Moskva shahriga amalga oshirgan tashrifini alohida qadrlab, uni ikki davlat o‘rtasidagi yaqin va ishonchli munosabatlarning yorqin ifodasi sifatida baholadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Vladimir Putin bugungi murakkab va o‘zgaruvchan xalqaro vaziyatda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar nafaqat an’anaviy do‘stlik, balki qardoshlik ruhidagi hamkorlikning ham muhim ko‘rinishi ekanini ta’kidlagan.

Rossiya rahbari, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning “turli tashqi signallar va bosimlarga qaramasdan” Moskvaga tashrif buyurganini alohida urg‘uladi. U bu qadamni o‘zaro ishonch va strategik yaqinlikning amaldagi tasdig‘i sifatida baholab, O‘zbekiston prezidentiga do‘stona munosabati hamda G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tadbirlardagi ishtiroki uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil va barqaror rivojlanayotgani, ayniqsa strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etildi. Vladimir Putin ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro ishonchni yanada oshirish va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Putin Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi: Moskva tashrifi yuqori baholandi