Bugun Yangi O‘zbekiston bog‘ida bayramona mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

Bugun, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtda bayramona tadbirlar davom etmoqda. Shu munosabat bilan Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida kechki payt yorqin mushakbozlik tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, rang-barang va tomoshabop mushakbozlik dasturi soat 21:00 da boshlanadi. Tashkilotchilar barcha fuqarolarni ushbu bayramona shouda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Mazkur tadbir Xotira va qadrlash kuni ruhiga mos tarzda o‘tkazilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kechki osmonni yoritadigan mushaklar esa bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirni joyiga bora olmaganlar uchun ham qulay imkoniyat yaratilgan. Mushakbozlik Telegramdagi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!