date

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, shamol kuchayishi kutilmoqda

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, shamol kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 9–11 may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 9 may kuni mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Biroq Buxoro viloyati, Navoiy viloyati, Samarqand viloyati va Jizzax viloyatining ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 28–33 daraja atrofida bo‘ladi.

10 may kuni esa respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Havo biroz salqinlashib, kunduzgi harorat 20–25 darajagacha pasayadi.

11 mayda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududlarida, shuningdek, ayrim markaziy viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat esa biroz ko‘tariladi.

Prognozlarga ko‘ra, dam olish kunlari shamol tezligi ayrim joylarda 15–20 m/s gacha, ba’zan esa 23–25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, 10–11 may kunlari kuchli bo‘lishi, hatto sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Toshkentda 9 may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 30–32 daraja atrofida bo‘ladi. 10–11 may kunlari esa yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi, harorat 20–25 darajagacha pasayadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, shamol kuchayishi kutilmoqda