O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarmoqda?

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 191 086 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yilning dastlabki uch oyida mamlakat bo‘ylab har kuni o‘rtacha 2 mingdan ortiq chaqaloq dunyoga kelgan. Mutaxassislar bu ko‘rsatkich demografik o‘sish yuqori darajada saqlanayotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Tug‘ruq muassasalarini zamonaviy jihozlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar mazkur yo‘nalishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing