2016 yil 4 dekabr kuni yurtimizda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugun 60 yoshni qarshiladi.
U 1957 yilning 24 iyulida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, shifokor oilasida tug‘ilgan. 1981 yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dosent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dosent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning o‘zida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996–2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001–2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995–2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.
Sh.Mirziyoyev 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, ayni paytda uning izdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.
2016 yil 19 oktyabr kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Sh.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.Mirziyoyev avval hukumat boshlig‘i, endilikda prezident sifatida keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashda o‘zining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, yangi yo‘nalishlar yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratmoqda.
Sh.Mirziyoyev xalqning dardini tinglash, ular bilan yuzma-yuz bo‘lish, xalqning ichida bo‘lishni rahbarlarning eng muhim vazifasi, deb biladi. Uning tashabbusi bilan joriyning yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb atalashi ham bejizga emas. Bosh vazir virtual qabulxonasi sifatida asos solingan, ayni damda «Prezidentga murojaatlar» deb ataluvchi virutal qabulxonaga murojaatlarning soni 1 milliondan oshgani ham buni yaqqol isbotlab turibdi.
Saylovoldi jarayonlarda ham, prezidentlikka saylanganidan so‘ng ham qisqa muddat ichida Sh.Mirziyoyev har bir viloyatda, ko‘plab tumanlarga shaxsan o‘zi tashrif buyurib, hududlarning iqtisodiy barqarorligini yuksaltirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan tanishib, qimmatli takliflarini berdi. Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi. Buning samarasi o‘laroq, yurtimizning qay go‘shasiga bormang, yangi korxonalar, turar joylar, aholining maishiy hordiq chiqarishi uchun maskanlar qurilayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Shavkat Mirziyoyev yubiley 60 yoshni qarshiladiO‘zbekiston 08:30 21683
Foto: fb.com/Mirziyoyev

Sh.Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim o‘rin egalladi.
Prezident mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi islohotlarni izchil amalga oshirishda yoshlarga, ularning salohiyatiga tayanishini bir necha bor takrorlagan. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga aylantirilishi va bu ittifoqning joylardagi rahbarlari hokimlarning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilishi ham kelajdagimiz poydevori bo‘lmish yoshlarimiz zimmasiga yuklatilgan ulkan ishonch va mas’uliyatdan darak berib turibdi.
O‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahallaning nufuzi va obro‘sini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada e’tibor qaratdi.
Yuqorida sanab o‘tilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi