O‘zbekiston turistlariga 2026 yilda ulkan raqamli servis ochiladi

1 daqiqa o'qish140
O‘zbekiston turistlariga 2026 yilda ulkan raqamli servis ochiladi

Keyingi yildan mamlakatga keladigan xorijlik sayyohlar uchun bir qator zamonaviy qulayliklar joriy etiladi. Prezident tomonidan 20 noyabr kuni imzolagan qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan boshlab turistlar chegaradan o‘tar ekan, ularning roziligi bilan ma’lumotlar integratsiya qilinadi va maxsus turistik elektron SIM-karta avtomatik tarzda taqdim etiladi. Shu bilan birga, mehmonlarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish ham proaktiv shaklda amalga oshiriladi.

Yangi milliy turizm platformasi va uning mobil ilovasi orqali bir qator keng imkoniyatlar ochiladi. Endilikda transportning barcha turlari yagona tizimga bog‘lanadi, sayyohlar eng maqbul yo‘nalishni tanlab, chiptalarni onlayn rezervatsiya qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, muzeylar, madaniy meros obyektlari va dam olish maskanlariga elektron bilet sotib olishga mo‘ljallangan yagona chipta tizimi ishga tushiriladi. Ekskursiyalar uchun interaktiv xaritalar, audio va video yo‘ldoshlar, inchunin onlayn translyatsiyalar orqali ma’lumot berish imkonini yaratuvchi raqamli gid tizimi ishlay boshlaydi.

Turistik yig‘imlarni mehmonxonalar avtomatik tarzda billing orqali Jamg‘armaga o‘tkazadi. Shu bilan birga, aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga berish jarayoni ham soddalashtirilib, “Soliq” ilovasida “men bilan birga” tartibida rasmiylashtiriladi.

2026 yil yakuniga qadar “Xavfsiz shahar” tizimi bilan integratsiya qilingan holda, turistlar oqimi, ularning qiziqishlari va harakatlanishini tahlil qiladigan sun’iy intellekt platformasi ishga tushiriladi. Bu orqali individual marshrutlar, dinamik takliflar va narx shakllanishi yanada qulay tarzda boshqariladi.

Xulosa qilib aytganda, yangi raqamli tizimlar O‘zbekiston turizmiga yangi bosqich ochishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?