
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish bo'yicha Milliy qo'mitani tashkil etish to'g'risidagi qarorni tasdiqladi. Yangi tashkilot shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasidagi siyosatni muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo'ladi.
Qo'mita Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida yangi turar va noturar majmualarni amalga oshirish, shuningdek, "Yangi O'zbekiston" massivlarida ko'p qavatli uylar qurish rejalari bo'yicha barcha hujjat loyihalarini kelishib chiqadi. Qo'mitada 50 nafar xodim faoliyat yuritadi va tashkilot mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Uning moliyalashtirilishi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Qo'mita Toshkent shahri, Zulfiya xonim ko'chasi, 1a manzilida joylashadi.
Qarorning ijrosi ustidan nazoratni Bosh vazir Abdulla Aripov amalga oshiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.