18:43 / 29.12.2017
5 868

O‘zbekistonda yangi daraxtzorlar paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda yangi daraxtzorlar paydo bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv xo‘jaligi ob’ektlari bo‘ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda «Norma.uz»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda mamlakatda suv xo‘jaligi ob’ektlarini reabilitatsiya qilish, boshqarishni yaxshilash va ta’mirlash bo‘yicha 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalarni va kelgusida ehtimoliy boshqa loyihalarni amalga oshirish doirasida Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi ob’ektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi ob’ektlari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

Rejani moliyalashtirish respublika byudjeti, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni Rejada belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Rejada ko‘zda tutilgan ishlarning buyurtmachilari etib Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Suv qurilish invest” DUK belgilandi. Yana quyidagilar aniqlandi va belgilandi:

• bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan;
• bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha.

Rejani bajarish ishlariga ko‘plab vazirliklar va xizmatlar jalb etiladi:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida yer uchastkalari ajratilishini ta’minlaydilar;
• O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda daraxtlar turlarini aniqlaydi; shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi ko‘chatlar bilan ta’minlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda yer uchastkalari bilan ta’minlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar ko‘radi, daraxtzorlarni parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish ob’ektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi.
• Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi ob’ektlari bo‘ylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan tegishli nazorat o‘rnatadi.

Bunda 2018 yildan boshlab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilishda, shuningdek qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi ob’ektlari bo‘ylab hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Mazkur imtiyoz faqat muayyan loyihalar doirasida qo‘llaniladi.

Hujjat 23.12.2017 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi daraxtzorlar paydo bo‘ladi