O‘zbekistonda 15 iyul kunidan boshlab xorijiy fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo‘lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Endilikda xorijiy fuqarolar O‘zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoki O‘zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart bo‘lmaydi.
Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi.
Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natiladi.
Murojaat O‘zbekistonga safar qilish mo‘ljallangan kungacha kamida uch ish kuni oldin yo‘llanishi lozim.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.
Chegarani kesib o‘tish vaqtida turist qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi elektron vizani ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi