06:30 / 29.09.2018
4 655

Oʻzbekistonda elektr, suv va gaz uchun oldindan toʻlov tizimi kiritilishi mumkin

Oʻzbekistonda elektr, suv va gaz uchun oldindan toʻlov tizimi kiritilishi mumkin
Oliy Majlisning 16-yalpi majlisida aholiga yetkazib berilayotgan elektr, gaz va suv uchun toʻlovlarini oldindan olish tizimiga oʻtish masalasi muhokama qilindi.

Majlisda xabar berilishiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda kommunal xizmatlardan jami debitor qarzdorlik jami 278 milliard soʻmdan ziyodroqni tashkil qilmoqda. Shundan 227 mlrd soʻm aholi ulushi, 50 mlrd 600 mln soʻm esa yuridik shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Eng katta qarzdorlik Toshkent shahrida - 55 mlrd soʻmdan ortiq Toshkent viloyatida - 46 mlrd soʻmni, Namangan viloyatida esa salkam 30 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

Elektr energiyasi boʻyicha ham 2 trillion soʻmdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan. Shundan 1,5 trln soʻmi jismoniy shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.

Yuqoridagi raqamlarni hamda yoʻl quyilayotgan isrofgarchiliklarni hisobga olgan holda, deputatlar ushbu sohada taʼsirchan choralarni nazarda tutuvchi qonun qabul qilish vaqti kelganini taʼkidlashdi.

Aks holda, aholini suv, elktr va gaz bilan bilan barqaror taʼminlash, yoqilgʻi energetiyeka kompleksini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ishbilarmonlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish kabi muhim ishlarni amalga oshirish xavf ostida qolishi mumkin.

Yangi qonun, ushbu sohalarda qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslikka, tejamkorlikka, aholining maʼsuliyatini oshirishga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga olib kelishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda elektr, suv va gaz uchun oldindan toʻlov tizimi kiritilishi mumkin