4 587
Oʻzbekistonda shaxslarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga koʻra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat bilan endilikda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shugʻullanishi mumkin.
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan.
Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash boʻyicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Bunda chet elda ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi.
Mazkur mablagʻlar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Prezident qurilish sohasiga oid farmon imzoladi

Mirziyoyev yangi qarori: Hokimlar ish haqi aholi bandlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotiladi

Hukumat 2017 yilda Oliy Majlisga 30 ta qonun loyihasini kiritadi

O‘zbekistonda "milliy ish qidirish tizimi" ishga tushdi

O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlarga uyali operatorlar SIM-kartalarini sotish taqiqlandi