13:30 / 20.12.2018
4 495

Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyevga munosabati haqida gapirdi

Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyevga munosabati haqida gapirdi
Milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor prezident Shavkat Mirziyoyev haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Birinchidan, u Markaziy Osiyoga tinchlikni qaytardi. Bu Markaziy Osiyodagi barcha yetakchilar tomonidan tan olinmoqda. Bu juda muhim. Avvalgi boshqaruv davrida juda keskin vaziyat bor edi, dushmanlikka ham borib yetgandi: birodar do‘stona davlatlar - Tojikiston, Qirg‘iziston bilan chegaralar minalashtirildi. Ilgari O‘zbekistonning pozitsiyasi tufayli tinchlikka erishish qiyin edi.

Ikkinchidan, u ham Vashington, ham Moskva bilan teng huquqli asosda do‘st. Uchinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasiga samarali yechim topish uchun xalqaro maydonda rol o‘ynay boshladi.

U yerda o‘zgacha fikrlovchilarga nisbatan rejimning erkinlashishi yuz bermoqda, mamlakatga kirish va chiqish bo‘yicha mavjud bo‘lgan taqiqlar yo‘q qilinmoqda va hokazo. Bir so‘z bilan aytganda, jamiyat, davlat va iqtisodiyot qayta tashkil etilmoqda».

Forbes: Mamlakatni demokratlashtirish yuz bermoqda, deb ayta olamizmi?

«Bu noto‘g‘ri. Men bu so‘zni yoqtirmayman. Demokratiya o‘zi nima? Bu xalqning hokimiyatni saylanganlarga berish huquqi. Keyinchalik bu saylanganlar ba’zan o‘zining qolgan umri davomida uni boshqaradi. Prezident Mirziyoyevda xalq tomonidan to‘la ishonch bor. Ishonamanki, u bu ishonchni oqlaydi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyevga munosabati haqida gapirdi