Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan Yangi yil tabrigida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganligini ta’kidladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va harbiy-texnika yo‘nalishlarida, qishloq xo‘jaligi va tinch atom sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning kengayishiga xizmat qildi», deyiladi Rossiya prezidentining tabrik maktubida.
Putin shuningdek, Rossiya va O‘zbekistonning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida barcha yo‘nalishlarda ikki davlat manfaatlariga to‘liq javob beradigan, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan o‘zaro manfaatli munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda