Foto: «Podrobno.uz»
O‘zbekiston Ta’lim vazirligi mamlakat maktablariga rossiyalik o‘qituvchilarni taklif etish imkoniyatidan voz kechdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining elchisi Vladimir Tyurdenev bayonotiga tayanib, «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Tyurdenevning so‘zlariga qaraganda, vazirlik o‘zining rad javobini O‘zbekistonda rus tilida ta’lim beruvchi maktablar soni ko‘pligi, shuning uchun ularning barchasini qamrab olish qiyin bo‘lishi, bu esa kadrlarni taqsimlashda ixtilofni keltirib chiqarishi bilan izohlagan.
«Adolatli muqobil sifatida vazirlik Rossiyaga malaka oshirish kurslariga, shuningdek, respublika hududidagi Rossiya markazlariga tayyorgarlikka yuborilayotgan o‘qituvchilar sonini oshirishni taklif qildi», — deya ta’kidladi elchi.
Avvalroq bunday tajriba Tojikistonda amalga oshirilgan edi, u yerga Rossiyaning bir qator shaharlaridan pedagoglar guruhi yuborilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi