O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida O‘zbekiston Prezidentining mamlakatda ikkita yangi universitetni tashkil etish haqidagi qarori e’lon qilindi.
Toshkentda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining (RKTU) filiali, Andijonda esa Sharda-O‘zbekiston universiteti tashkil etiladi.
RKTUning filiali o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilida boshlaydi. Universitet xalqaro ta’lim standartlari darajasida, ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘ida ilmiy-texnologik masalalarni hal qila oladigan yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Filialning davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilari tegishli joylarga kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan taqsimlanadilar.
Andijonda tashkil etiladigan Sharda-O‘zbekiston universiteti ham o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilida boshlaydi. Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari Sharda (Hindiston) universiteti ta’lim dasturlari negizida barcha darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.
Ushbu universitetda ta’lim O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablari hisobga olingan holda universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasining ta’sischilaridan biri notijorat ta’lim trasti “Sharda Educational Trust” (Hindiston) hisoblanadi. Hujjat loyihasida aytilishicha, ta’sischi loyihaning iqtisodiy yashovchanligiga bog‘liq holda universitetning ko‘p maqsadli kampusini rivojlantirish uchun 20 yil ichida 50 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi kerak bo‘ladi.
Universitetda ta’lim asosan ingliz tilida va zaruratga ko‘ra, o‘zbek va rus tillarida, kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt hamda yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan ta’lim grantlari hamda xayriya mablag‘lari asosida olib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi