3 461
AQSH Davlat departamenti Oʻzbekistondagi inson huquqlari ahvoli yaxshilanganini bildirdi
2018 yil boʻyicha dunyodagi inson huquqlari vaziyati boʻyicha yillik maʼruzada (2019 yil 13 mart kuni chop etilgan) AQSH Davlat departamenti Oʻzbekistondagi inson huquqlari ahvoli koʻp jihatdan sezilarli darajada yaxshilanganini eʼtirof etdi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalo odil sudlov, sud jarayonlarining shaffoflik darajasini ortgani, ayblovchi dalillar bazasidan foydalanishga himoyachi tomoniga kengroq izn berilishi va natijada oqlovchi qarorlar sonining koʻpayishi maʼruzada obyektiv baho berilishiga turtki boʻlgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligi, qiynoqlardan hamda boshqa muomala va jazoning insonparvarlik tamoyiliga zid yoki inson shaʼnini kamsituvchi turlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar qabul qilingani, shuningdek, bunday jinoyatlar uchun masʼuliyat kuchaytirilgani alohida qayd etiladi.
Soʻz va ifoda erkinligini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar doirasida OAV erkinligini taʼminlash bilan bogʻliq vaziyatning yaxshilanishi, shuningdek, Oʻzbekistonning inson huquqlari tashkilotlari va fuqarolik jamiyati faollari bilan ochiq munosabatlari eʼtirof etilmoqda.
Maʼruzada diniy ekstremizmda gumonlangan minglab shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari roʻyxatidan chiqarilishi, shuningdek, koʻplab afv etish holatlari va ularning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan dasturlar yuqori baholangan.
“Human Rights Watch” va “Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi” maʼlumotlariga asoslanib, “Oʻzbekistonda yigirma yildan ziyod vaqtdan beri ilk marotaba jurnalistlar va fuqarolik jamiyati faollari qamoqxonalarda qolmagani” maʼruzada eʼtirof etilishi diqqatga sazovordir.
Hujjatda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha muvaffaqiyatli qabul qilingan huquqiy va maʼmuriy choralar alohida koʻrsatilgan. Oʻzbekistonning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi taraqqiyoti AQSH Davlat Departamenti va Mehnat Departamentining 2018 yildagi tegishli bayonotlarida bir necha bor eʼtirof etilgan.
Oʻtgan yilning dekabr oyida AQSH Davlat kotibi Oʻzbekistonni “diniy erkinlik sohasidagi alohida tashvish uygʻotuvchi mamlakatlar roʻyxatidan” chiqargandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi