3 473
O‘zbekistonda jarimalar miqdori to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi, qonunchilikda o‘zgarish bo‘ladi
Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasiga ko‘ra, jarima jazosi bo‘yicha jazoning turini belgilovchi ma’muriy va jinoyat qonunchiligi qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
- xalqaro tajribani hisobga olgan holda jarimaning miqdorlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
- jarima jazosiga mutanosib bo‘lgan va ijtimoiy qilmish sodir etgan shaxslarni axloqan tuzalishiga olib keluvchi xalqaro tajribadan o‘tgan jazo turlarini qonun hujjatlariga kiritish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
- yuridik shaxslarning javobgarligini qonunchilikka kiritish;
- jazo turlarini va ularning miqdorlarini qonun hujjatlarida har bir ijtimoiy qilmish sodir etganligi holati bo‘yicha alohida-alohida belgilash;
- jarimani aniqlashning hozirgi kundagi eng kam oylik ish haqiga bog‘liq tartibotni rivojlantirgan holda, qilmish tufayli kelib chiqqan zararga jarimaning mutanosibligini bog‘lash.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyun, mas’ul ijrochilar - Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi