6-mayda O‘zbekistonda havo keskin issib 38 darajagacha yetadi

1 daqiqa o'qish527
6-mayda O‘zbekistonda havo keskin issib 38 darajagacha yetadi

6-mayda O‘zbekistonda havo keskin issib 38 darajagacha yetadi

“Uzgidromet” tomonidan 6-may kuniga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, ayrim hududlarda 38 darajagacha isishi kutilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharq tomondan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi 16–18 daraja, kunduzi esa 30–32 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol tezligi 7–12 metr/sekundga yetib, ba’zi joylarda 18 metr/sekundgacha kuchayishi, hatto chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17–22, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq shamol ba’zan kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja atrofida saqlanadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo quruq va biroz bulutli bo‘lib, kunduzgi harorat 30–35 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa eng yuqori ko‘rsatkichlar kuzatilib, havo 33–38 darajagacha isishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi hududlarida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) havo nisbatan yumshoq bo‘lib, kunduzi 28–33 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa havo salqinroq — kechasi 10–15, kunduzi 17–22 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Sinoptiklar ta’kidlashicha, 5–8-may kunlari davomida respublika bo‘ylab harorat bosqichma-bosqich oshib boradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?