2026 yilgi haj narxi va ajratilgan kvotalar maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston fuqarolari uchun 2026 yilda haj ziyoratiga 15 mingta oʻrin (kvota) ajratildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Idora taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda bir nafar ziyoratchi uchun haj safari qiymati 77 million 73 ming soʻmni tashkil etadi. 2026 yilgi haj mavsumi 2 may kunidan start oladi va har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. Ziyoratchilar 9 ta hudud — Toshkent, Namangan, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz hamda Urganch aeroportlaridan Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz qiladi.
Ziyoratchilarni Madina shahriga yetkazish FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, ularni Vatanga qaytarish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing