Turistik salohiyatni oshirishga katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi paytda chet el ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etivchi maqola va materiallar soni ko‘payib bormoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatida xabar berilishicha, bunday maqolalarda, asosan, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi islohotlar va xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganligi hamda soddalashtirilishiga urg‘u berilgan.
Jumladan, «Qo‘shma viza rejasi Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun yangi eshiklarni ochadi» nomli maqolada Qozog‘iston va O‘zbekiston sayyohlarga bir mamlakatdan boshqasiga erkin sayohat qilish imkonini beruvchi «Silk Visa»ni joriy etish rejalashtirganligi va bu reja boshqa davlatlar orasida katta qiziqish uyg‘otgani aytib o‘tilgan.
Fransiyada chop etilgan «Turizm: O‘zbekiston 45 davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy qildi» deb nomlanuvchi maqolada esa, Yevropa Ittifoqi fuqarolari orasida O‘zbekistonda joriy etilgan vizasiz rejimdan fransuzlar va nemislar birinchi bo‘lib foydalanishdi, deyiladi.
BAAlik sayyohlar O‘zbekistonga kirish vizasidan ozod etilishiga oid qator maqolalarda BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining konsullik xizmati boshqarma boshlig‘i Badr Al-Avadiy shunday so‘zlari keltirilgan: «O‘zbekiston hukumatining BAA fuqarolarini kirish vizasidan ozod qilish tashabbusi Amirlik diplomatiyasining muhim yutug‘idir».
Vizasiz rejimning joriy qilinishi O‘zbekistonga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi, albatta. FlyDubai avikompaniyasining Dubay va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishi esa buni yanada rag‘batlantiradi, deyiladi yana bir maqolada.
Shuningdek, «O‘zbekistonda yashash qiymati» nomli maqolada sayyohlar uchun zarur barcha mahsulotlarning yurtimizdagi narxlari jadval ko‘rinishida o‘z aksini topgan.
Bu kabi maqola va xabarlar chet el fuqarolarini O‘zbekistondagi qulayliklardan xabardor qilib, ularni yurtimizga sayohat qilishga chorlaydi, deya umid qilamiz, deyiladi manbada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi