15:12 / 25.04.2019
3 046

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda 25 aprel kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Belarus prezidentining O‘zbekistonga o‘tgan yilgi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvda ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil ko‘rib chiqildi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Belarusning "Amkodor", "MAZ", "MTZ" va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi almashinuvlar ancha faollashdi. Fan, texnologiyalar va ta'lim sohasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Davlatlar o‘rtasidagi mustahkam ishonch va hamkorlikning amaliy natijalariga erishishga qat'iy o‘zaro intilish uni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Bugun mamlakatlar buning uchun zarur salohiyatga ega ekani qayd etildi.

Uchrashuvda o‘zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.

Davlat rahbarlari sheriklikning yangi yo‘nalishlarini samarali rivojlantirish maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirishga tayyor ekanini ta'kidladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi (foto)