Gidrometeorologiya xizmati markazi 22-25 may kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 mayda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja issiq, 23 mayda kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq, 24 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq, 25 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 23 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 24 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq, 25 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23–25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22–23 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 23 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 24–25 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 22–23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24–25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22–23 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 23 mayda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 24–25 mayda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23–25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22–23 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq, 23 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq, 24–25 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 22–23 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22–23 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 10–15 daraja, kunduzi 15–20 daraja, 23–25 mayda kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi