21:30 / 22.08.2019
3 458

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri I.Sh. 20-avgust kuni Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Muborak tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda qoʻlga olindi.

Maʼlumot berilishicha, u korxona asbobchisi N.O.ni 2019-yil may oyida sababsiz ishga kelmagan boʻlsa-da, ishdan boʻshatmasdan olib qolganligi evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.

I.Sh. tumanning “Oʻzbekiston” MFY hududida N.O.dan 2 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi