«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan 70ga yaqin yoki undan ham ko‘proq qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov ma’lum qildi.
«Maqsad – bitta yagona hujjat qilish, ya’ni valyuta amaliyotlarini amalga oshirish tartibi. U katta hujjat bo‘ladi. Hujjat chet el valyutasini bankka topshirishdan, hisob raqamining yuritilishidan tortib xorijiy valyutani sotib olish, sotish tartibigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha me’yorlarni o‘z ichiga oladi», – dedi Abubakirov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Regulyator rasmiysiga ko‘ra, qator hukumat qarorlari ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Jumladan, xorijiy valyutani sotish va sotib olish tartibi bunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi 294-qarori bilan belgilangan bo‘lib, endilikda bu qaror bekor qilinadi va Markaziy bankning ichki me’yoriy hujjati qabul qilinadi.
«Vazirlar Mahkamasining yana boshqa qator qarorlari bor. Chet elda hisobvaraqasini ochish bilan bog‘liq masalalar bor, ruxsatnoma talab etilishi yoki xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish bilan bog‘liq masalalar. Ularni aytib o‘tsam, juda ham ko‘p.
Qariyb 70ga yaqin hujjat qayta ko‘rib chiqilib, ularga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilish, ayrimlarini bekor qilish haqida takliflar tayyorlanib, belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi», – dedi Bobur Abubakirov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi