12:02 / 01.02.2020
3 019

O‘zbekiston hukumati Xitoyga borish-kelishlarni to‘xtatish haqida topshiriq berdi

O‘zbekiston hukumati Xitoyga borish-kelishlarni to‘xtatish haqida topshiriq berdi
O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni va ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashriflarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda davletov.uz manbasi xabar berdi.

Kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashgan edi.

Tadbirda Prezident ayni vaqtda nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qayd etilayotgan koronavirus masalasiga to‘xtalib: «Hozirgi koronavirus ko‘zimizni moshdek ochishi kerak», — deb aytgan Prezident. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bunda qaysi yo‘nalish bo‘yicha nimalar qilinishi kerak, nimalar ixtiro qilinishi kerak — shu kabi masalalarga tayyor bo‘lish lozim. «Xalqimizning xavfsizligini o‘ylashimiz kerak», — deb ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hukumati Xitoyga borish-kelishlarni to‘xtatish haqida topshiriq berdi