17 fevral kuni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga «Ala-Too Ayimdari» («Ola-Tau xonimlari») ekologik harakati tomonidan «2019 yil odami» unvonini berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Respublika rahbariyati topshirig‘iga binoan maxsus mukofot va diplom qabul qilish uchun Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Bishkek shahriga tashrif buyurdi. Tadbirda «Ala-Too Ayimdari» harakati rayosati a’zolari, sobiq SSSR xalq artisti Kayirgul Sartbayeva va xalq yozuvchisi Gulsayra Mominova, Qirg‘iziston hukumati, parlamenti va mintaqaviy ma’muriyatlarida yuqori lavozimlarda ishlagan qirg‘iz va o‘zbek hamjamiyatlarining nufuzli vakillari, O‘zbekistondagi sobiq qirg‘iz diplomatlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, yetakchi elektron va bosma nashrlar, markaziy radio va televideniye kanallari vakillari, siyosatshunos ekspertlar ishtirok etdilar.
Marosimda «Ala-Too Ayimdari» harakati rahbari Jipargul Bargibayeva qardosh O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va etnik ozchiliklarning huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq va konstruktiv siyosati tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara masalasi qisqa vaqt ichida deyarli hal qilindi.
«Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston Prezidenti nomidan «Ala-Too Ayimdari» harakatiga va u orqali shaxsan qardosh Qirg‘iziston xalqiga O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirof etilgani uchun samimiy minnatdorlik va chuqur hurmatni izhor etdi»,- deyiladi TIV xabarida.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi