Yanvar oyida O‘zbekistonga 2659 nafar xitoylik sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2019 yilning yanvariga nisbatan 15,9 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
2020 yilning yanvarida O‘zbekistonga 538 360 nafar chet ellik kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,1 foizga ko‘p. Ularning aksariyat qismi — 514 774 nafari, har doimgidek, MDH mamlakatlaridan. Uzoq xorijdan 23 586 kishi kelgan.
Birinchi o‘rinda — Qozog‘iston bo‘lib, u yerdan 164 100 kishi kelgan. Ikkinchi o‘rinni Tojikiston (137 298 kishi), uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston (121 856 kishi) egallagan.
Turkmaniston (118,4 foizga), Bangladesh (200 foizga), Braziliya (266,7 foizga), Irlandiya (383,3 foizga), Shri-Lanka (600 foizga), Mo‘g‘uliston (1333,3 foizga) va Vetnamdan (1425 foizga) keluvchilar soni keskin oshgan.
Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekiston xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi, boisi xitoyliklarga xorijiy tur-paketlar sotib olish va chet elda mehmonxonalarni bron qilish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Toshkentdagi mehmonxonalarning egalari koronavirusdan O‘zbekistonning turizm sohasi foyda ko‘rishi, Xitoyga safar qilish niyatida bo‘lgan sayyohlar endi boshqa mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga kelishi mumkinligini ta’kidlashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda